Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Deputatlar maktablardagi ta’lim sifati va xavfsizlik masalalarini o‘rganmoqda:

Deputatlar maktablardagi ta’lim sifati va xavfsizlik masalalarini o‘rganmoqda:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, yoshlar tarbiyasi va hududlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari davomida tuman Kengashi deputatlari A.Abdullayev hamda G.Turdiyevalar 16-sonli maktabda (AFCHUM) bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar, xususan, o‘g‘il bolalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdilar.

Muloqot davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

Tartib-intizom va profilaktika: O‘quvchi yoshlar, ayniqsa, o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmatni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va odob-axloq qoidalariga rioya etish;

Sifatli ta’lim va bo‘sh vaqt: Yoshlarning darsdan tashqari vaqtlarini sport va foydali to‘garaklarga yo‘naltirish, ta’limga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish;

Xavfsiz muhit: Maktab hududida xavfsizlikni ta’minlash va yoshlar orasida sog‘lom muhitni qaror toptirish borasidagi dolzarb vazifalar.

Deputatlar o‘g‘il bolalar bilan muloqotda ularning kelajakda vatanparvar va jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishishlarida bugungi ta’lim va tarbiyaning o‘rni muhimligini alohida ta’kidladilar.

Ma’lumot uchun: Tasdiqlangan ish rejasi asosida hududlarda deputatlar tomonidan o‘rganish va profilaktika ishlari har kuni bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Yoshlar ta’lim-tarbiyasi va xavfsizligi doimiy nazoratda.

Slide 1 of 5