Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Maktablarda huquqbuzarlik profilaktikasi: Deputat va IIB xodimlari muloqoti

Maktablarda huquqbuzarlik profilaktikasi: Deputat va IIB xodimlari muloqoti

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, yoshlar o‘rtasida noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuv tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi. Unda:

Kengash deputati G.Shafoatova;

Tuman IIB bo‘limi katta leytenanti M.Umarov;

Bosh mutaxassis K.Abdullayeva ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy mavzulari:

Huquqiy savodxonlik: O‘quvchilar o‘rtasida qonunbuzarliklarning oldini olish va odob-ahloq qoidalariga rioya qilish.

 Xavfsiz muhit: Maktabda va jamoat joylarida turli ko‘ngilsiz holatlardan ehtiyot bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar.

 Pedagogik mas’uliyat: O‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchilarning darsga davomati va ma’naviy tarbiyasini nazorat qilish.

Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi. Bu kabi profilaktik tadbirlar tumandagi barcha ta’lim muassasalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz: Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, hududlardagi o‘rganish ishlari deputatlar tomonidan har bir mahallada bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5