Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abduraxmonovaning navbatdagi o‘rganishi shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda Orolbo‘yi MFY raisi hamrohligida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqaroning murojaati joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. 

Murojaatda savdo do‘koni oldidan o‘tuvchi yuqori kuchlanishdagi elektr simlariga daraxt shoxlari tegib, xavfli vaziyat yuzaga kelayotgani va bu holat turli noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangan.

Mazkur muammo shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganilib, xavfsizlikni ta’minlash hamda mavjud holatni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi. Tegishli ruxsatnomalar olingach, muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 4