Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Deputat “Navro‘z” saylov okrugida o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga “Oxunboboyev” mahallasida joylashgan 17- “Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida bir qator muammolar aniqlandi. Jumladan: mahalladagi nogironligi bo‘lgan yoshlarning to‘garaklarga qatnashishi uchun yo‘l kira xarajatlari qoplab berilmagan, avtotransport haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha xarajatlar birorta yosh uchun moliyalashtirilmagan.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga uy-joy ijarasi uchun kompensatsiya ajratilmagani, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganish kurslari uchun to‘lovlar qoplab berilmagani ham ma’lum bo‘ldi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kursini tugatib, sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun kredit ajratilmagan hamda kredit foizlarini qoplash mexanizmlari ishlamagan.

Bundan tashqari, ta’lim, madaniyat, san’at, sport va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan ta’minlash xarajatlari o‘tgan yil davomida ham, 2026-yilning dastlabki choragida ham amalga oshirilmagan.

Deputat tomonidan mahalla yoshlar yetakchisi Izzatjon Qlichevga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1