Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Mahallada raisi va xotin-qizlar faoliyati va hududiy ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid hamkorligida “Sharq guli” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning ijtimoiy faolligi, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi turmush sharoiti va mavjud muammolar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli Tirkashova Gulshoda tomonidan xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.Mazkur o‘rganish natijasida mahallada xotin-qizlar faolligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarini tizimli hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1