Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Olmazor tumanida Transformator masalasi bo`yicha deputatlik so‘rovi yuborildi

 Olmazor tumanida Transformator masalasi bo`yicha deputatlik so‘rovi yuborildi

 Olmazor tumani “Yuqori Sebzor” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaat asosida hududdagi Transformator bilan bog‘liq muammo yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

 Mazkur murojaat asosida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Raxmatullayev Davronbek Fayzullayevich tomonidan Olmazor tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

 Murojaatda qayd etilishicha, “Yuqori Sebzor” mahalla fuqarolar yig`inlari 35-a uy oldida joylashgan transformator punktining ochiq holda turganligi aniqlanib, ushbu holat fuqarolar, ayniqsa bolalar hayoti va sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuni inobatga olib 35-a uy oldida joylashgan transformator punktini belgilangan texnik xavfsizlik talablariga muvofiq ravishda yopish, himoya to‘siqlari bilan o‘rab chiqish hamda zarur xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni so‘rayman.

 Deputatlik so‘rovda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va o‘rganish natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1