Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Qonun ijrosi o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirovava tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔷O‘rganish davomida bo‘lim bosh mutaxassisi D.Xoshimova tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi chora-tadbirlar haqida axborot berildi.

🔷Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida erta nikohni oldini olish, fuqarolar o‘rtasidagi ajrimlar sabablarini o‘rganish, gender tenglik tamoyillarini hayotga izchil tatbiq etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli va samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan joylarda tegishli tushuntirish ishlarini kuchaytirish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2