Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat maktab hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, hududni yanada ko‘rkamlashtirish, sanitariya-gigiena holatini
yaxshilash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, muassasaning ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Deputat maktabdagi ta’lim jarayoni, o‘qituvchilarning dars o‘tish sifati, o‘quvchilarning bilim darajasi bilan ham tanishib, pedagog jamoa bilan muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish, o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktab infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi. Bu kabi amaliy tashriflar hududlardagi ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va aholi manfaatlarini
ta’minlashga xizmat qilmoqda.
 

Slide 1 of 6