Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati X.Atajonovalar tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati X.Atajonovalar tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi. Tashrif davomida deputatlar yangi barpo etilayotgan mahalla binosining qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlar sifati va muddatlari bilan yaqindan tanishdilar. Qurilish ishlari zamonaviy talablar asosida olib borilayotgani, binoda fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Mazkur mahalla binosi tadbirkor Xursanov Murodilla tomonidan homiylik asosida qurib berilayotgani e’tirof etildi. Bu kabi tashabbuslar hududlarni obodonlashtirish, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun munosib sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. 

Shuningdek, deputatlar tomonidan qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, binodan samarali foydalanish hamda mahalla fuqarolariga xizmat ko‘rsatish darajasini yanada yuksaltirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bunday amaliy tashriflar hududlarda olib borilayotgan ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarni o‘z vaqtida va sifatli topshirishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 6