Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Yangiobod mahallasining raisi hokim yordamchisi xotin -qizlar faoliyati o'rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 7-Yangiobod saylov okrugida joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Yangabod mahallasida keng qamrovli tahliliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Choriyeva Mahliyo tomonidan mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faollari faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash, “ayollar daftari” bilan ishlash holati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, profilaktik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.Bundan tashqari, mahalla hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llar holati, ko‘zdan kechirildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholining muammolariga manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1