Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
#doimiy_komissiya

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududlarda mahalliy byudjet barqarorligini ta’minlash, qo‘shimcha moliyaviy manbalardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi masala hamda Zangiota tumanida faoliyat yuritayotgan “MODERN AVTO” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga soliq to‘lovlari muddatlarini uzaytirish masalasi o‘rin oldi.

Muhokamalar davomida mas’ul mutasaddilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tinglanib, qo‘shimcha manbalarni samarali boshqarish, byudjet intizomini mustahkamlash hamda tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi hamda mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilishda mavzuga daxldor bo‘lgan viloyat boshqarma va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etib, berilgan savollarga atroflicha javoblar berishdi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 7