Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
#Tadbir

#Tadbir

 Ayni kunda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik harakat” xalqaro aksiyasi barcha joyda boʻlgani kabi Toshkent viloyatida ham davom etmoqda.  

Xususan, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedovaning amaliy koʻmagida Qibray tumanida joylashgan "Toshkent IES" AJda ana shunday tadbirlardan biri oʻtkazildi.

Unda “Garmoniya” markazining Oliy Majlis Jamoat Fondi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan “Xotin-qizlar va bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Treningda ishtirokchilar shaxsiy chegaralar, teng munosabatlar madaniyati, samarali muloqot, stressni boshqarish va hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilim va tavsiyalar oldilar.

Huquqshunoslar zo‘ravonlik holatlarida murojaat qilish tartibi, huquq va majburiyatlar, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan himoya choralari haqida muhim ma’lumotlar taqdim etishdi.

Mashg‘ulotlar davomida ayollar faol ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Slide 1 of 5