Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

#deputatlik_faoliyati

Xususan, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolarni o‘rganish, infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi. Shuningdek, deputat tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan amaliy ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan aniq misollar keltirildi.

Ochiq muloqot davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olinishi ma’lum qilindi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqot olib borilishi deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 2