Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Xotin-qizlarni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

🔷 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan 4-Konchi saylov okrugida joylashgan Davlat xizmatlari markazida Sharq yulduzi mahallasida yashovchi xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔷 Mazkur uchrashuv davomida deputat ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati hamda amaliyotdagi ijrosi yuzasidan atroflicha tushunchalar berdi.

🔹 Ta’kidlanganidek, ushbu qonun xotin-qizlarni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, jamiyatda gender tenglikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔹 Shuningdek, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, jabrlanuvchilarga huquqiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish mexanizmlari haqida ham ma’lumotlar berildi.

🔹 Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushuntirishlar oldilar.

🔷 Bunday uchrashuvlar aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4