Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Olmazor tumanida joylashgan 535-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi

Olmazor tumanida joylashgan 535-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari tomonidan Olmazor tumanida joylashgan 535-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi hamda qurilish-ta’mirlash jarayonining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida muassasa binosida amalga oshirilayotgan ichki ta’mirlash ishlari, xonalarni zamonaviy talablar asosida jihozlash, bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlar tomonidan ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur muassasada olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari doimiy deputatlik nazoratida ekani qayd etildi.

Mazkur o‘rganish ishlari kelgusida muassasani foydalanishga topshirish jarayonini jadallashtirish hamda yosh avlod uchun yanada munosib ta’lim-tarbiya muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5