Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
“Yangiyer” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 10-Yangiyer saylov okrugidan saylangan deputat T.X.Tangirov tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashi kodibiyati mudiri D.N.Sherboyev va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar bilan birgalikda tumandagi “Yangiyer” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari doirasida “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan aholining ijtimoiy himoyasi, kam ta’minlangan va muhtoj oilalarga ko‘maklashish, ularni kambag‘allikdan chiqarish, shuningdek ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida Muzrabot tumani “Yangiyer” MFYda amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining bajarilish holatlari bilan ham tanishildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mahalla xodimlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4