Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
#shukuh

Bugun Olmaliq shahridagi muhtasham "Yoshlar bog‘i" haqiqiy bayram maskaniga aylandi. Bahor ayyomi va yangilanish fasli munosabati bilan tashkil etilgan tantanalar shahar ahliga o‘zgacha quvonch ulashdi.

Bayram tadbirida shahar hokimi, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Qobil Xamdamov boshchiligida shahar Kengashi deputatlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Deputatlar va mutasaddi rahbarlar aholi bilan samimiy muloqotda bo‘lib, barchani qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etdilar.

🎭Milliy qadriyatlar tarannumi

✅Milliy chiqishlar: Folklor dastalari va san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari;

✅Xalq o‘yinlari: Qadimiy an’analarni jonlantirgan qiziqarli musobaqalar;

✅Urf-odatlar: Ajdodlarimizdan meros qolgan go‘zal qadriyatlar namoyishi.

Bahoriy ne’matlar va shohona dasturxon

Navro‘z saylini tansiq taomlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bog‘ bo‘ylab taralgan sumalak va ko‘k somsalarning hidi dillarini yayratdi. Katta qozonlarda damlangan milliy taomimiz — palov esa barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Navro‘z — bu mehr-oqibat, hamjihatlik va shukronalik bayramidir. Olmaliq osmonida ana shunday fayzli damlar davom etmoqda!

Slide 1 of 3