Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
#hamkorlik

Nikohlanuvchi yoshlar bilan targ‘ibot darsi tashkil etildi

Tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov hamda tuman FHDYO bo‘limi hodimi bilan hamkorligida nikohlanuvchi yoshlar ishtirokida targ‘ibot-tushuntirish darsi tashkil etildi. 

Dars davomida deputat tomonidan bugungi kunda jamiyatda oilaning o‘rni va ahamiyati, yoshlarning o‘zaro hurmat va mas’uliyat asosida hayot qurishi zarurligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, to‘y marosimlarini milliy qadriyatlarimizga mos, kamtarona va mazmunli tarzda tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

FHDYO bo‘limi hodimi esa nikohni qonuniy rasmiylashtirish tartibi, er-xotinlarning huquq va majburiyatlari, oilaviy nizolar kelib chiqishining asosiy sabablari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida batafsil tushuntirish berdi. Ajrimlarning oldini olishda o‘zaro muloqot, sabr-toqat va murosaning muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1