Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
# jarayon

Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Tuman Kengashi deputati N.Nasrullayev tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida ta’lim-tarbiya sifati, bolalarning xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablari hamda moddiy-texnik bazaning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan guruh xonalari, yotoqxona va oshxona sharoitlari, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va sifat ko‘rsatkichlari, tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilganligi hamda isitish tizimi holati ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, tarbiyachilar tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishilib, bolalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik ishlar tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1