Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi

22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi

Xalq bilan muloqot qilish, aholining dardu tashvishlarini tinglash va ularga amaliy ko‘mak berish bugungi kunda har bir deputat faoliyatining bosh mezoniga aylangan.

22-Fayzavo saylov okrugiga qarashli “Fayzavo” mahallasi, Ma’rifat ko‘chasi, 3-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Zaynab Davlayeva tomonidan sog‘lig‘i yomonlashgani sababli harakatlanish uchun nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligi haqida murojaat kelib tushgan edi.

Mazkur murojaat deputatlik so‘rovi asosida o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda qisqa muddatda ijobiy hal etildi.

 Uzun tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan zaruriy nogironlik aravachasi ajratildi.

 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov xonadonga tashrif buyurib, aravachani fuqaroga topshirdilar.

“Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar ehtiyojmand fuqarolarning hayotga bo‘lgan umidini mustahkamlashga, ularning ijtimoiy muhitga moslashishiga xizmat qiladi.

Fuqaro Zaynab Davlayeva o‘z navbatida ko‘rsatilgan e’tibor va amaliy yordam uchun davlatimiz hamda tuman mutasaddilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.