Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!

Yurtimizdagi barcha aziz ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Ayol — hayotimizning chirog‘i, oilaning tayanchi, jamiyatimizning ma’naviy kuchidir. Sizlarning mehr-muhabbatingiz, sabr-toqat va fidoyiligingiz tufayli har bir oila mustahkam, jamiyatimiz esa yanada obod va farovon bo‘lib bormoqda. Sizlar bor ekansiz, hayotimizda mehr, go‘zallik va nur barhayotdir.

 Bahor nafasi bilan kirib kelgan ushbu go‘zal ayyom — ayollarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ramzidir. Sizlarning mehnatingiz, oqila maslahatingiz, samimiy qalbingiz va cheksiz mehringiz jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayol borki — hayotda bahor nafasi bor, 

Mehr bor, sadoqat bor, qalblarda iftixor. 

Siz bilan go‘zaldir bu dunyo, bu diyor, 

Ayol — baxt, ayol — sharaf, ayol — iftixor.

 Ushbu qutlug‘ bayram kunida Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan sharafli faoliyatingizda doimo omad va muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin.

Yana bir bor 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan: Xalq deputatlari Miribod tuman Kengashi.

Slide 1 of 1