Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Deputat o‘z saylov okrugida qabulda ishtirok etdi

“Movarounnahr” MFY binosida Mirobod tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.V.Madaminova va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.B.Mamanazarovning hamkorlikda tashkil etilgan fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda "Movarounnahr", "Mingo‘rik", "Salor" va "Temiryo‘lchilar" MFYda yashovchi fuqarolarning ijtimoiy, tibbiy yordam, kommunal xizmatlardan qarzdorlik, bandlik, obodonlashtirish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 

Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijroga yo‘naltirildi.

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi va tuman hokimining o‘rinbosarlari bilan birgalikda tasdiqlangan ish rejasi asosida mahallalarda fuqarolar bilan ochiq muloqot va qabullarni tashkil etish unda mavjud muammolarni tizimli hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 7