Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Nurobod tumanida deputatlar tomonidan ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida muhim ijtimoiy loyiha — ijtimoiy reyestrga kiritilgan I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish loyihasini moliyalashtirish ro‘yxati ma’qullandi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan boshlab ijtimoiy reyestrga kiritilgan ehtiyojmand oilalar xonadonlarida “yashil” ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.

✅ Tuman hududida o‘tkazilgan xatlov natijasida “mahalla yettiligi” xulosalari asosida 31 ta ehtiyojmand oila saralab olindi.

💰 Har bir xonadonni ta’mirlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilangan bo‘lib, jami 1 milliard 916 million so‘m mablag‘:

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi

“Ayollar daftari” jamg‘armasi

hisobidan teng ulushlarda shakllantirilib, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirildi.

🔧 Loyiha doirasida xonadonlarda:

devor va tom qismlarini issiqlik izolyatsiyasi qilish,

energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatish,

quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

🌱 Ushbu loyiha aholining yashash sharoitini yaxshilash, energiya tejamkorligini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1