Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
#o'rganish

📍Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev, Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda bosh mutaxassis Mukarram Nematullayevalar shahrimizdagi Ibn Sino, “Hilol” va “Toshkent” mahallalarida bo‘ldilar.

🔍Diqqat markazida — Mas’ullarning ish samaradorligi

O‘rganish jarayoni shunchaki ko‘zdan kechirish emas, balki har bir yo‘nalish bo‘yicha chuqur tahlil asosida tashkil etildi:

🔹Ibn Sino mahallasi:Hokim yordamchisining tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlari, berilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi tahlil qilindi.

🔹“Toshkent” mahallasi: Ijtimoiy xodim faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar bilan ishlash va ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi o‘rganildi.

🔹“Hilol” mahallasi: Xotin-qizlar faolining faoliyati, xususan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi ishlari ko‘zdan kechirildi.

🏗 Infratuzilma va Obodonlashtirish

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalla binolarining holati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari ham e’tibordan chetda qolmadi.

✅Natija: O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mahalladagi "yettilik" tizimining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7