Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida, komissiya raisi Z.Domilayev ishtirokida deputatlik so‘rovlariga berilayotgan javoblar hamda ularning amalda qay darajada hal etilayotgani yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

🔹Muhokama davomida deputatlar tomonidan ilgari surilgan so‘rovlarga mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan javoblarning mazmuni, ularning asoslanganligi hamda muammolarni amaliy hal etishga qaratilganligi atroflicha tahlil qilindi.

🔹Alohida ta’kidlanganidek, ayrim holatlarda berilayotgan javoblar yuzaki xarakterga ega bo‘lib, ko‘tarilgan masalalarning to‘liq yechimiga xizmat qilmayotgani qayd etildi. Shu bois, deputatlik so‘rovlariga mas’uliyat bilan yondashish, har bir murojaat yuzasidan aniq natijaga erishish zarurligi ta’kidlandi.

🔹Yig‘ilish yakunida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlariga sifatli va asoslantirilgan javoblar taqdim etish, shuningdek muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berib borish belgilandi.

Slide 1 of 5