Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Deputat nazorati

🔹Avval xabar qilinganidek, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan “Zuxro” MFY hududida joylashgan 36-maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari deputat nazoratiga olingan edi.

🔹Mazkur jarayonning davomi sifatida deputat A.Ermatov kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamrohligida obyektga yana borib, amalga oshirilayotgan ishlar holatini yana bir bor o‘rgandi.

🔹Nazorat davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining bugungi holati, bajarilgan ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda foydalanilayotgan qurilish materiallarining talab darajasida ekanligi ko‘zdan kechirildi.

🔹Shuningdek, pudrat tashkiloti — “TEXNO GEO STROY” MCHJ mas’ullari bilan olib borilgan muloqotda ishlarning joriy bosqichi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va obyektni o‘z vaqtida topshirish masalalari muhokama qilindi.

🔹Deputat tomonidan ilgari berilgan tavsiyalar ijrosi yuzasidan ham o‘rganish olib borilib, qurilish jarayonining sifatli va shaffof tashkil etilishi yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

🔹Mazkur obyekt bo‘yicha deputat nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 3