Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 19-Chashma saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan “Xurriyat” MFY yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi. Muloqot davomida deputat “Xurriyat” MFY ijtimoiy xodimining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, hududda yashovchi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar manzilli va
maqsadli tashkil etilgani yuzasidan nazorat-tahlil o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar doirasida 7 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 3 ta xonadonga kiyim-kechak yetkazib berilgani, 28 nafar fuqaroga gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya ajratilgani hamda 2 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlanganligi aytib o‘tildi.
 

Slide 1 of 2