Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Zomin davlat qo‘riqxonasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Zomin tuman Kengashi deputati, Zomin tumani milliy tabiat bog‘i direktor o‘rinbosari Hazratqulov Husniddin Haitboevich Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi Zomin davlat qo‘riqxonasi hududida umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Ma’lumki, yurtimizda 13–14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, ushbu ezgu tashabbus doirasida mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida Zomin davlat qo‘riqxonasi hududida ham obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Qo‘riqxona xodimlari tomonidan daraxt va butalarni parvarishlash, hududni turli chiqindilardan tozalash hamda yashil maydonlarni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Bunday tadbirlar tabiiy hududlarning tozaligi va ekologik barqarorligini ta’minlash, atrof-muhitni asrab-avaylash hamda tabiatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7