Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Mahallalarda obodonlashtirish va aholi bandligi masalalari o‘rganilmoqda

Zomin tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi mahallalarda obodonlashtirish ishlari, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida mahallalardagi infratuzilma, hududlarning obodonligi, sanitariya holati hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘nalishda aholiga qulaylik yaratish, hududlarda tozalikni ta’minlash hamda chiqindilarni tizimli ravishda olib chiqish ishlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aholi bilan muloqotlar davomida mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ekin maydonlarini ko‘paytirish, issiqxona tashkil etish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi. Bu kabi o‘rganishlar hududlarni yanada obod qilish, aholi turmush darajasini oshirish hamda mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

❗️ O‘rganish ishlari davom etmoqda

Slide 1 of 3