Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Sayyor qabul

Aholi murojaatlarini joyiga borib o‘rganish, muammolarni tezkor hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida Amudaryo tumanining chekka ovullaridan biri — Amir Temur ovulida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xo‘jametov, tuman hokimi o‘rinbosari Nodirbek Kamolov, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Alisher Yo‘ldashev, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan:

yo‘l infratuzilmasini yaxshilash,

mavjud ko‘priklarni ta’mirlash,

oqava suv yetkazib berish tizimini yaxshilash ,

Har bir murojaat alohida o‘rganilib, tegishli mutasaddilarga masalalarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar esa joyning o‘zida hal etib berildi.

Slide 1 of 7