Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Chinoz tumani. Xotin-qizlar faoliyati: deputatning navbatdagi o‘rganishi

Xotin-qizlar faoliyati: deputatning navbatdagi o‘rganishi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Surayyo Axmedova Chinoz tumani "Afg‘on" MFYda bo‘lib, mahalladagi xotin-qizlar faoli Sohiba Anvarovaning ish faoliyati samaradorligini o‘rgandi.

O'rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi ayollar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, Afg'on MFY hududida jami 1 747 nafar ayol istiqomat qiladi. Mahalla faollari tomonidan olib borilgan manzilli ishlar natijasida ajrim yoqasida turgan 18 ta oila yarashtirilgan, hozirda esa 7 ta oila bilan individual tartibda profilaktik ishlari davom ettirilmoqda.

Deputat Surayyo Axmedova amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni yuqori baholab, xotin-qizlar bilan ishlash borasida tizimli yondashuvni yanada kuchaytirish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 3