Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
VATAN HIMOYASI – KONSTITUTSIYAVIY BURCH

VATAN HIMOYASI – KONSTITUTSIYAVIY BURCH

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi bayramiga bag‘ishlab Qiziltepa tumanidagi 7532 harbiy qism 3-batalonida harbiy xizmatchilar ishtirokida “Vatan himoyasi – konstitutsiyaviy burch” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari N.Kenjayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Bobojonov, Adliya bo‘limi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi direktori A.Umarov, tuman FHDY bo‘limi inspektori H.Qurbanovlar ishtirok etib, yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquqlari, burch va erkinliklarining kafolati va sohaviy islohotlar to‘g‘risida fikr bildirib, harbiy xizmatchilarga bir qator ma’lumotlar berdilar.

Jarayonda askarlar bilan mavzuga oid qiziqarli savol-javob ham o‘tkazilib, bilimdon yoshlarga Konstitutsiya kitoblari sovg‘a qilindi.

Mehmonlar harbiy qism faoliyati, yaratilgan sharoitlar va amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdilar.

Slide 1 of 9