Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЙЎЛ ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА МУҲОКАМА ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
Namanganda Senatorlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi

Namangan davlat texnika universitetida Senatorlar hamda viloyatdagi faol yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlarning fikrini tinglash, dolzarb masalalarga yechim topish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

Uchrashuvda Senatorlar, shuningdek soha mutasaddilari yoshlar bilan bevosita suhbatlashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladilar. Muloqot davomida yoshlar ta’lim sifati, bandlik masalalari, ijtimoiy faollik, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirilgan o‘quv kurslarini ko‘paytirish, talabalar uchun qo‘shimcha grant va stipendiya dasturlari joriy etish, yoshlarning IT va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniy tadbirlarni yanada kengaytirish kabi qator mavzularda o‘z taklif va fikrlarini bildirdilar. Senatorlar yoshlarning takliflarini diqqat bilan tinglab, bildirilgan masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berdi. 

Uchrashuv davomida yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, yangi davlat dasturlari va istiqboldagi rejalarga oid batafsil ma’lumotlar ham taqdim etildi.

Slide 1 of 9