Tanlovda “Obod xonadon” va “Obod koʻcha” nominasiyalarida qatnashchilar hududlarida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari aks etgan fotoalbom va videoroliklar taqdimoti bilan ishtirok etdi. “Obod mahalla” nominasiyasida esa mahalla raislari taqdimot bilan birga savol-javob jarayonida oʻz tajribasi va tashabbuslarini namoyish qildilar.
Tanlov viloyatdagi 754 ta mahallani qamrab olib, mezonlarga muvofiq eng namunali ishtirokchilar aniqlandi.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, Yangiqorgon tumani Qizilyozi mahallasi viloyatdagi eng obod mahalla deb topildi.
1-oʻrinni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etadi.
Deputatimiz Yoqubjonov Jaxongirni tabriklaymiz.