Sessiya avvalida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi VII chaqiriq vakolat muddatiga kotibiyat mudiri lavozimiga tayinlangan Xasanov
Valijon Keldibekovich deputatlarga tanishtirildi.
Shundan so‘ng sessiya kun tartibida Xalq deputatlari tuman Kengashining quyidagi 4 ta doimiy komissiyalari tuzildi:
1. Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha;
2. Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik hamda ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha;
3. Аgrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha;
4. Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha.
Doimiy komissiyalarning shaxsiy tarkibi tasdiqlanib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.