Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yangiobodlik aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzolari, partiya vakillari va mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhi aʼzolari Yangiobod tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, bevosita mahallalarga, aholi xonadonlariga kirib, ularning muammolari bilan yaqindan tanishdilar.

Ishchi guruh aʼzolari dastlab “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlishdi. “Chakand”, “Namingon”, “Pastkichaqir”qishloqlaridan iborat mazkur mahalla fuqarolar yigʻini hududida ayni kunlarda 90 dan ortiq issiqxonalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Xususan, Sulaymonqul Normuhamedov oʻz xonadonida 30 million soʻm kredit mablagʻi olib, ikki sotixlik issiqxona faoliyatini yoʻlga qoʻygan edi. Limon va mandarin yetishtirilayotgan ushbu issiqxonadan xonadon egalari yiliga 30-35 million soʻm sof daromad olishmoqda.

Aholi bilan samimiy va ochiq muloqotlar chogʻida ularni qiynayotgan muammolar, kamchiliklar xususida ham suhbatlashdilar.

Slide 1 of 8