Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Vobkent tumanining 2025-yilgi mahalliy byudjeti loyihasi muhokama qilindi.

 Yigʻilishda, doimiy komissiya raisi A.Qurbonov, komissiya a’zolari D.Qodirova, D.Xaitova, A.Kenjaev, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A.Barotov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimovalar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A.Barotov tomonidan tuman mahalliy byudjeti daromadlarining 2025-yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlari, bazaviy soliq stavkalari yuzasidan deputatlarga ma’lumotlar berildi. Mazkur masala yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari hamda takliflari byudjet loyihasiga kiritilishi ko‘zda tutildi. Mazkur masala tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan.

Slide 1 of 3