MTDPdan tuman Kengashi deputati Amrillo Yusupov tomonidan saylov okrugidagi Ko‘lxatib MFY 5-umumiy o‘rta ta’lim matabida aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda MTDP tuman Kengashi raisi T.Yoqubov, 5-umumta’lim maktabi mutasaddilari hamda Ko‘lxatib MFY faollari qatnashdi.
Uchrashuvda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosan yo’llarni asfaltlashtirish, ichimlik suvi o‘tqazish, sog‘liklarini tiklash, pensiyaga oid hamda boshqa masalalar yuzasidan 10 ga yaqin murojaatlar bildirildi. Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi yuzasidan murojaatlar tegishli soha mutasaddilariga yetkazilishi shuningdek, ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.