"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Uchquduq TETK atrofiga xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Abdikarimovning tashabbusi bilan ko'plab manzarali daraxtlar ko'chatlari ekildi. Loyihaga ko'ngillilar, shu tashkilotda ishlaydigan xodimlar va ovul fuqarolar yig'ini faollari jalb etildi.