Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tuman markazidagi "Davlat bayrog‘i hiyoboni"da Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi va tuman Madaniyat bo‘limi hamkorligida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimiz madhiyasi sadolari ostida yurtimiz bayrog‘i 60 metr balandlikka ko‘tarildi.

Shundan so‘ng bayrog‘imiz, yurtimiz tinchligini madh etuvchi kuy qo‘shiqlar kuylanib, barchaga bayram kayfiyati ulashildi.

Slide 1 of 5