Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Sariosiyo tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati,1-sektor rahbari tumanning Nurobod mahallasida aholi vakillari bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, mahallama-mahalla yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Nurobod mahallasidagi 12-sonli umumta’lim maktabida aholi vakillari bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Dastlab, tuman hokimi 2023-2024 yillarda tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot-hisobot taqdim etdi.

Jumladan, ota-onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1