Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida Yangiobod SHFY yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holatini o'rgandi.
Mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisining ish rejasiga muvofiq kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, yoshlar bilan manzilli ishlash hamda iyun oyi “Yoshlar oyligi” tadbirlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha tavsiyalar berdi.