Bugun Yangiobod tuman hokimligi majlislar zalida tuman hududlaridan saylangan deputatlar, tuman hokimi o'rinbosarlari, tashkilot rahbarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirokida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi.
Kun tartibida deputatlar tomonidan 16 ta masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari va hisobotlarini tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli savollariga javob olishdi hamda tegishli qarorlar qabul qilinib mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilandi.