Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekspert guruhining yangilangan tarkibi bilan birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Notarial xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xalq qabulxonasida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun ijrosini o‘rganildi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi o‘rganildi
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Bugungi kunda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib yashash sharoitlarini
yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov,
“20-Laylakuya” saylov okrugi deputati D.Sodiqova, kotibiyat bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinov, shuningdek Kengash huzuridagi ekspert hamda Yoshlar maslahat
guruhi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil
5-fevraldagi “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida
rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini
yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
49-son Qarori ijrosi doirasida Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida amalga
oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan hamda
tarkibida I-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilayotgan xonadonda olib
borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Mazkur xonadonning yashash
sharoitlarini yaxshilash, uning xavfsiz va munosib turmush kechirishini
ta’minlash maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu
ishlar “Qubbo Akbarabod mahalla servis kompaniyasi” MChJ tomonidan amalga
oshirilmoqda.

O‘rganish davomida bajarilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish
materiallarining holati hamda ishlarning belgilangan reja asosida olib
borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan loyiha doirasida
amalga oshirilishi belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish,
qurilish-ta’mirlash jarayonida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya
etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.


Shuningdek, xonadon a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, ular yaratilayotgan
sharoitlar va ko‘rsatilayotgan amaliy yordam uchun davlatimiz rahbariga hamda
davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash siyosatiga
samimiy minnatdorlik bildirdilar.
  

Slide 1 of 4