Yangiliklar

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya ishida shahar saylov komissiyasi raisi Jasur Begmurodovning joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashiga saylangan deputatlarning  partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.