Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 90-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 90-sessiyasi o‘tkazildi.
Tuman hokimi va Tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat xodimlari, tumandagi qator korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Sessiya davomida 13 dan ortiq dolzarb masalalar muhokama qilinib ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.