56 - G‘ozg‘on saylov okrugidan Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati S.Husaynov “Marmarobod” MFY "Hurriyat" ko‘chasida joylashgan 3-sonli DMTT binosini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha 90 o‘rinli blok qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tanishish asnosida, quruvchi korxona mas’ullariga obyektni o‘z vaqtida kamchiliklarni bartaraf etgan holda sifatli qilib foydalanishga topshirish lozimligi haqida ko‘rsatmalar berildi.