Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

J.Olamushuk shaxarchasida yangi ichimlik suvi tarmog‘i ishga tushurildi

 Tuman kengashi raisi topshirig‘iga asosan deputatlar F.Abdullaeva, I.Juraev, O‘zbekiston “Liberal” demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari S.Xasanovlar Janubiy Olamushuk shaxarchasi
Navoiy MFY xududida istiqomat qilayotgan aholi bilan DAVLAT DASTURI ASOSIDA
qurilib, foydalanishga topshirilayotgan ichimlik suvi tarmoqlari sifati, aholi tomonidan xisoblagichlar o‘rnatgan xolda uylarga va
kvartiralarga olib kirilishi, ko‘p qavatli uylarni Kanalizatsiya tarmoqlariga ulanishi o‘rganilib, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Andijon “Suvta’minoti” MChJ
Jalaquduq tuman bo‘limi rahbariyatiga yetkazildi.  

Slide 1 of 6