Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekspert guruhining yangilangan tarkibi bilan birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Notarial xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xalq qabulxonasida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun ijrosini o‘rganildi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi o‘rganildi
#tavsiyalar_asosida_soliq_inspektori
#tavsiyalar_asosida_soliq_inspektori

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Mirzo Ulug‘bek MFY hududida soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalar ijrosi hamda “Alimali pishiriqlar” do‘koni faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida soliq inspektori tomonidan hududda soliq tushumlarini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari bilan tizimli ishlash, aholiga soliq qonunchiligini tushuntirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish holati tahlil qilindi. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek MFY hududidagi tadbirkorlar faoliyati bilan ishlash samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ham ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, hududda joylashgan “Alimali pishiriqlar” do‘koni faoliyati ham o‘rganilib, mahsulotlar sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, saqlash sharoitlari hamda iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish darajasi baholandi. Do‘kon tomonidan ishlab chiqarilayotgan pishiriqlar assortimenti va ularning aholiga maqbulligi alohida e’tiborga olindi.

Mutaxassislar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mahsulot sifatini yanada yaxshilash, tozalik va tartibni doimiy ta’minlash hamda soliq intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu o‘rganishlar hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar
Kengashi axborot
xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5