Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Jamoliddin Yoqubov Sarmich oilaviy shifokorlik punktida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
✅Tashrif davomida muassasada bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda mavjud imkoniyatlar o‘rganildi.
✅Xususan, qabul xonalari, davolash xonalari va sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirilib, zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalanish darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
✅O‘rganish natijasida oilaviy shifokorlik punktida ayrim yo‘nalishlarda xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi bunday o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.